Boshlovchi bu jang haqida shunday dedi: "Jeyk Pol Bahodir Jalolovni mag'lub eta olgan bo'lardi".
Bu postga esa Bahodir Jalolovning promouteri Lu Dibella keskin javob qaytardi: "Yo'q, mag'lub eta olmagan bo'lardi. Jalolov uni tezda uxlatib qo'yadi, agar narigi dunyoga jo'natib yubormasa..."
Eslatib o'tamiz, video bloger Jeyk Pol prof boksda 13 ta jang o'tkazib ulgurdi. U 12 ta jangda g'alabaga erishgan. Mag'lub etgan bokschilari orasida Mayk Tayson ham bor. Faqatgina bitta jangda - Tommi Fyuriga qarshi kechgan jangda imkoniyatni boy bergan.
Avvalroq Jeyk Pol 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasida ham ishtirok etish istagi borligini aytgandi.