Boxrec portalida keltirilishicha, 24 yashar hamyurtimiz 25 oktyabr kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida ringga chiqadi. Unga o'sha kuni mezbon yurt vakili Jung Min Xo raqib bo'ladi. Jang engil vazn toifasidagi Oriental and Pacific Boxing Federation kamari uchun o'tkaziladi.
Malumot uchun, Andijonda tug'ilgan Ismoilov hozirgacha 10 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. 32 yoshli Jung Ming Xo hisobida esa 19 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 2 ta durang bor.
SHuningdek, Seuldagi boks oqshomida yana bir vakilimiz — SHahzodbek SHarobiddinov (7-2-0) Filippin vakili Mark Entoni Geraldoga (40-14-3) qarshi bahs olib boradi.
Debyutdan chempionlik jangigacha: Xamzat CHimaevning UFC’dagi besh yili qanday o'tdi?
Madrimovning vaznidagi chempion Fundoraning navbatdagi jangi tafsilotlari ochiqlandi