SportUz.Net

SHahram G'iyosovning vaznida IBF kamari uchun davogarlik jangi belgilandi

14.08.2025 18:21    


Rasmni yuklab olish

Bo'lajak jangda g'alaba qozongan bokschi yarimo'rta vazn IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylanadi.

Ushbu chempionlik kamari uchun jang 13 sentyabr kuni Lyuism Kroker hamda Peddi Donovan o'rtasida o'tkaziladigan to'qnashuvda aniqlanadi. Birinchi yarimo'rta vaznda sobiq jahon chempioni avstraliyalik Liam Paro va franciyalik David Papo o'rtasidagi jang esa majburiy davogarni aniqlab beradi. 

Davogarlar o'rtasidagi jang 18 sentyabr kuni Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkaziladi. 29 yoshli Liam Paro o'tgan yilning dekabr oyida birinchi yarimo'rta vazndagi IBF chempionlik kamarini Richardson Xitchinsga boy berib qo'ygandi. SHundan keyin iyun oyida g'alaba bilan qaytdi va yarimo'rta vaznga o'tganini elon qildi. 

Ayni paytda Paro reytingda ettinchi o'rinni egallab turibdi. Uning 34 yoshli raqibi David Papo (30-0-1, 5 KO) esa sakkizinchi pog'onadan joy olgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: