SportUz.Net

To'rt kun oldin Dana Uayt Davogarlar turnirida g'alaba qozongan rus jangchisi UFC 319 turnirida oktagonga chiqadi

14.08.2025 15:54    


Rasmni yuklab olish

Bunaqasi kamdan-kam holatda uchraydi - UFC`dan shartnoma olgan Baysangur Susurkaev bir haftada ikkita jang o'tkazadi.

Rossiyalik 24 yoshli aralash yakkakurash ustasi o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Baysangur to'rt kun oldin Dana Uayt Davogarlar turnirida g'alaba qozonishi ortidan UFC promoushenidan shartnoma olgandi. Endi esa u biryo'la debyut jangini raqamlangan UFC 319 turnirida o'tkazadi. 

Yakshanba tongida AQSHning CHikago shahrida bo'lib o'tadigan ushbu turnir doirasida yana bir UFC debyutanti amerikalik Erik Nolan bo'ladi. 27 Nolan shu yil may oyida yarimo'rta vazn toifasida Cage Fury Fighting Championships promousheni chempioniga aylangandi. U UFC ligasida o'rta vazn toifasida oktagonga chiqadi.

Eslatib o'tamiz, UFC 319 turnirining asosiy jangi o'rta vazn chempioni Drikus Dyu Plessi hamda davogar Xamzat CHimaev o'rtasida bo'lib o'tadi. Susurkaev CHimaevning sparring-hamkorlaridan biri hisoblanadi. 

"Men juda baxtiyorman, haqiqatan ham Danada iliq taassurot qoldirmoqchi edim. Uaytdan Xamzat CHimaev bilan bir turnirda jang qilishini so'radim. Men buga tayyor edim, - dedi Susurqaev davogarlar turniridagi g'alabasidan keyin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: