Bir muddat avval Uord boksni deyarli sog'inmasligini, ammo "Uembli"da Joshua bilan jang qilish uchun faoliyatini davom ettirishga tayyorligini aytgandi.
"Yonimga million so'rab kelma! G'ururingni yashir va kel. Muxlislarni xursand qilish uchun ringga borimizni tashlab chiqib ketamiz. SHartnomani Eddi Xirnga yubordim", - deya Joshuaning so'zlarini keltirmoqda The Ring nashri.
Malumot uchun, Entonining navbatdagi raqibi sifatida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni franciyalik Toni Yoka bo'lishi aytilmoqda. Ushbu jang Gana davlatida bo'lib o'tishi mumkin.
Andre Uord 2017 yilda rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi kechgan revansh jangida g'alaba qozonib, sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. U AQSH televideniyasida sharhlovchi va tahlilchi sifatida ishlayapti.
Madrimovning vaznidagi chempion Fundoraning navbatdagi jangi tafsilotlari ochiqlandi