Vazniga nisbatan baland bo'yli Fundora 18 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida yarimo'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Kit Turmanga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qiladi.
O'tgan yili Sebastyan Fundora aynan jarohat olgan Turmanning o'rniga birinchi o'rta vaznnig o'sha paytdagi WBO yo'nalishi chempioni Tim Czyuga qarshi ringga chiqqandi. Mart oyida o'tkazilgan jangda Fundora Czyuni mag'lub etib, WBO va WBC kamarlari sohibiga aylangan edi.
SHu yil Fundora Czyuga qarshi revansh jangi uchun WBO kamaridan voz kechdi. Iyul oyida o'tgan revanshda u avstraliyalikni muddatidan avval taslim etdi. Endi esa Sebastyan 36 yoshli Kit Turman bilan jang bo'yicha kelishuvga erishdi. Turman shu yilning mart oyida uch yillik tanaffusdan so'ng g'alaba bilan qaytgandi.
Madrimovning vaznidagi chempion Fundoraning navbatdagi jangi tafsilotlari ochiqlandi