Tashkilotchilar to'rtta 50 000 AQSH dollarilik bonuslarni ikkita eng yaxshi jang ishtirokchilariga taqdim etishdi. Bu safar yorqin jang ko'rsatgan aralash yakkakurash ustalari bo'lmadi.
Co-main event jangi ishtirokchilari Kris Dunkan va Mateush Rebecki qonli jang uyushtirib berishdi. Ushbu to'qnashuv "Yil jangi" bo'lishga nomzod sifatida qaralmoqda. Har ikki aralash yakkakurash ustasi jangdan keyin shifoxonaga olib ketilgan.
SHuningdek, Esteban Ribovich va Elvis Brener o'rtasidagi bahs ham bugungi turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Engil vaznlilar 123 tadan aniq zarba yo'llay olishdi. Ribovich barcha 9 ta teykdaunlardan qutulib qoldi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.