SportUz.Net

Sobiq jahon chempioni Rejis Progreys qaytdi

03.08.2025 10:24    


Rasmni yuklab olish

Bugun AQSHning CHikago shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.

Oqshom doirasida birinchi yarimo'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Rejis Progreys (30-3, 24 KO) yana bir sobiq chempion Jozef Dias (33-8-1, 15 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. 

O'n raund to'liq davom etgan jang g'olibi hakamlarning qaroriga ko'ra aniqlandi. Progreys uzoq masofada yaxshiroq harakat qildi, Dias esa yaqin masofada aniq va ko'proq kuchli zarbalar bera oldi - 173 ga qarshi 137 (Progreysning umumiy ustunligi 224-197).

O'n raund yakuniga ko'ra, barcha hakamlar 98-92, 96-94 va 96-94 hisobida g'alabani Progreysga berishdi. Bu Progreysning prof ringdagi 30-g'alabasi bo'ldi. Hisobida 3 ta mag'lubiyat ham bor. Raqiblarini 24 ta jangda muddatidan avval mag'lub etgan. Dias esa bugun 8-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: