Jeyk Pol hozirda birinchi og'ir vaznda WBA reytingida 14-o'rinda turadi.
"Biz bir nechta variantlarni ko'rib chiqmoqdamiz va asosiy etiborni sport jihatdan ham, tomoshabinlar qiziqishi va maqomi nuqtai nazaridan ham mantiqiy bo'lgan raqiblarga qaratyapmiz. Deyarli har bir jangchi Jeyk Polni jangga chaqirgan. Lekin bizning holatimiz boshqacha.
Biz Usikning boks jangi haqida gapirmayapmiz. Xafa bo'lmang, lekin MMA qoidalari bo'yicha janglarda imkoniyatlar tengroq. Jeykning tajribasi bor, Aleksandr esa tez moslashishiga to'g'ri keladi. Bu jahon miqyosida katta shouga aylanishi mumkin. Muzokaralar olib borilmoqda va agar hammasi yaxshi ketsa, jang kelasi yil boshida bo'lib o'tishi mumkin", — dedi Lapin.