SportUz.Net

Xabib chempion Usman Nurmagomedovning jangini ham elon qildi

03.08.2025 15:00    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik engil vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustasi navbatdagi jangini PFL turniri doirasida o'tkazadi.

Bu xabarni Usmanning qarindoshi Xabib Nurmagomedov tasdiqladi. Usman 4 oktyabr kuni BAAning Dubay shahrida o'tkaziladigan PFL turniri doirasida irlandiyalik Pol Xyuzga qarshi oktagonga chiqadi. Bu Pol uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi. 

"Usman 4 oktyabr kuni Dubayda jang o'tkazadi. Uning raqibi so'nggi jangidagi Xyuz bo'ladi. Yanvar oyidagi jangi og'ir bo'lgandi. Ko'ramiz, revansh qanday kechar ekan?", – dedi Xabib Nurmagomedov Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Usman Nurmagomedov va Pol Xyuz o'rtasidagi jang shu yilning 25 yanvar kuni Dubaydagi PFL Champions Series turniri doirasida o'tkazilgandi. Besh raund to'liq davom etgan bahsda rossiyalik aralash yakkakurash ustasi hakamlarning qaroriga ko'ra ochkolar hisobida g'alaba qozongandi. May oyida Xyuz Belfastdagi turnirda braziliyalik Bruno Mirandani 42 soniyadayoq nokautga uchratib, muvaffaqiyatli qaytgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: