Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi ayni paytda chempionlik kamari sohibasi bo'lib turgan amerikalik Kayla Xarrisonni mag'lub etib, kamarini qaytarib olish haqida o'ylayapti.
"Keyingi rejalarim – yana chempion bo'lish. Men kamarimni qaytarib olaman va mendan yana intervyu olishni boshlaysizlar. So'zimning ustidan chiqaman. O'ylaymanki, bu jang yil oxirigacha o'tkaziladi. Dan Uayt va Xanter Kempbell bilan bu borada gaplashib ko'ramiz. Sog'lomman va mashg'ulotlarni davom ettiryapman. Braziliya, Vegas, Nyu-York – menga qaerda jang qilishning umuman farqi yo'q. Muhimi – chempionlik kamarini qaytarib olish. Yana tarix yozishni istayman", – deya MMA Fighting nashriga intervyu bergan Amanda .
Ikki hafta avval Amanda Nunes birinchi doping tekshiruvdan o'tdi. Lekin UFC qoidalaridan kelib chiqsak, uning oktagonga qaytishi 2026 yilning yanvaridan oldin amalga oshmaydi. Boisi, u yarim yillik to'liq doping-testdan o'tishi kerak bo'ladi.