
Ushbu turnir doirasida Xabibning jamoadoshi Zubayra Tuxugov va Konor Makgregorning sobiq do'sti Artyom Lobovga qarshi jang qiladi.
O'zbekistonlik MMA jangchisi Mirafzal Axtamov agar Lobov ushbu jangdan voz kechadigan bo'lsa, uning o'rniga Zubayra bilan jang qilishga tayyor ekanligini malum qildi.
Malumot o'rnida, 32 yoshli buxorolik Mirafzal Axtamov faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba va 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
