SportUz.Net
iks
ads

"Real" yana bir himoyachisini yo'qotdi

08.12.2025 20:39    


Rasmni yuklab olish

Madridliklar La Liganing 15-turidan o'rin olgan "Selta" bilan o'yinda yo'qotishga uchradi.

Himoyachi Eder Militao 24-daqiqada jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Antonio Ryudiger maydonga tushdi.

Futbolchining tiklash muddati hali nomalum, ammo vaziyat juda jiddiy, chunki u shifokorlar yordamisiz maydonni tark etolmadi.

SHuni takidlash kerakki, braziliyalik himoyachi ushbu mavsum "Real" safida 18 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

O'tgan turda "Atletik" Bilbaoga qarshi o'yinda "Real"ning boshqa bir azosi Trent Aleksander-Arnold jarohat olgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: