SportUz.Net
iks
ads

To'rabek Habibullaev ishtirokidagi jang muddatidan oldin yakunlandi

08.12.2025 20:21    


Rasmni yuklab olish

Dubay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqada -92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To'rabek Habibullaev ilk jangini Braziliya vakili Kalil Luan Brasilga qarshi o'tkazdi. 

Jang 2-raunddan so'ng yakunlandi. Ketma-ket o'tkazib yuborgan zarbalardan so'ng braziliyalik bokschi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi. 

SHu tariqa, To'rabek ham musobaqani g'alaba bilan boshladi. 

Endi To'rabek Habibullaev navbatdagi bosqichda kubalik Xulio la Kruz yoki Senegal vakili Karamba Kebega qarshi ringga ko'tariladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: