SportUz.Net
iks
ads

Tayson Fyuri yana ringga qaytishga shama qildi

08.12.2025 17:36    


Rasmni yuklab olish

SHu yilning yanvar oyida faoliyatini yakunlagan 37 yoshli superog'ir vazndagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri kelasi yili yana ringga qaytishi mumkinligiga yana bir bor ishora qildi.

"Qirol taxtga qaytishi kerak. Bu faqat men bosib o'tishim mumkin bo'lgan uzoq va yolg'iz yo'l. Ammo og'ir janglardan so'ng abadiylik kutmoqda", - deb yozdi Fyuri ijtimoiy tarmoqda.

Britaniyalik bokschi faoliyatini yakunlashini birinchi marta elon qilayotgani yo'q, bu safar u Aleksandr Usikka qarshi ikkita mag'lubiyatdan so'ng shunday bayonot berdi. Iyul oyidagi uzoq sukunatdan so'ng Fyuri Usik yoki boshqa sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi yana bir jang uchun ringga qaytishi mumkinligini aytdi.

Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jangni tashkil etish har ikki bokschi promouterlari Frenk Uorren va Eddi Xirnda qiziqish uyg'otmoqda. Ammo Fyurining o'zi bu haqda ortiqcha ishtiyoqsiz gapirishni afzal ko'radi.

Joshuaning promouteri Eddi Xirn esa, aksincha, Fyurining qarorini intiqlik bilan kutmoqda va Turki Al ash-SHayxning yordamiga umid qilmoqda.

"Yagona bahona - ko'proq ringga chiqishni istamaslik. Va bu mutlaqo munosib sabab. U boksda hamma narsaga erishdi", - degandi Xirn oktyabr oyida Fyuri haqida gapirib.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: