
O'ta engil vazn toifasida Mario Bautista va Vinisius Oliveyra o'rtasidagi jang 7 fevral kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC turnirining asosiy jangiga aylanadi. Jang tashkil etilishi haqida vaziyatga yaqin bo'lgan xabardor manbalar malum qildi.
Mario Bautista oktyabr oyida ehtimoliy davogarlik jangida Umar Nurmagomedovga yutqazib, sakkizta g'alabadan iborat ajoyib seriyasini to'xtatgandi. Vinisius Oliveyra esa UFC’da mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. U ketma-ket to'rtta jangda g'alaba qozondi. So'nggi jangida hakamlarning yakdil qarori bilan Kayler Fillips ustidan zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Mario Bautista va Vinisius Oliveyra tashkilotning o'ta engil divizioni reytingida mos ravishda to'qqizinchi va o'n uchinchi o'rinlarni egallab turibdi.
