
U 21 fevral kuni AQSHning Xyuston shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida yamaykalik Ode Osborn bilan to'qnash keladi.
Idris UFC'dagi ilk jangini avgust oyida Jozef Moralesga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi. Ode Osborn o'z vaqtida hamyurtimiz Zarruh Adashev bilan jang qilib, g'alaba qozongandi.
Malumot uchun, Alibi UFC'ga The Ultimate Fighter shousi orqali o'tgan. U mazkur shouda o'zbekistonlik Furqatbek Yoqubov bilan to'qnash kelgan va zafar quchgan edi.