
Musobaqada -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev ikkinchi jangini Armaniston vakili Vaxtang Arutyunyanga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi va unda Erkinboev 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Fazliddin navbatdagi jangini nimchorak final doirasida Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Saidjamshid Jafarovga qarshi o'tkazadi.