Kun davomida 75 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHavkatjon Boltaev avvallari O'zbekiston sharafini himoya qilgan, biroq yaqinda Qozog'iston safiga o'tgan bokschi Aman Konsbekovga qarshi ringga ko'tarildi. Jangda hamyurtimiz 4:1 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Biroq qozoq bokschisi mag'lubiyatni qabul qila olmadi. U o'z Instagram sahifasiga: "Allohim hammasini ko'rib turibdi. Bu odatiy holat", deb yozdi.
Malumot uchun, Konsbekov 2023 yil noyabr oyida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatining 71 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan.
Usikning sobiq promouteri: "Aleksandr faoliyatini tugatishi uchun barcha ishni qilaman"
O'zbekiston boks federaciyasi Lazizbek Mullojonov bilan bog'liq vaziyat bo'yicha munosabat bildirdi