SportUz.Net

"Carukyan – Topuriya jangi - bu UFCning rejasida bor, yuz foiz" - tahlilchi

05.08.2025 13:45    


Rasmni yuklab olish

UFC sharhlovchisi va tahlilchisi CHel Sonnenning takidlashicha, Arman Carukyan va Iliya Topuriya o'rtasidagi jang bo'yicha rejalar bor.

"Faqatgina kasallik yoki jarohat bo'lmasa, Arman va Iliya jangi UFC tomonidan yuz foiz rejalashtirgan. Bu mening shaxsiy fikrim emas, bu — fakt. Bir hafta oldin Iliya: “Men bu jangni xohlamayman”, dedi. Uning birinchi reakciyasi — rad etish. U kurashmoqchi bo'lgan raqiblari bilan har doim shunday yo'l tutadi. Bu uning uslubi.

Anderson Silvaning ham shunday strategiyasi bor edi: avval jangni rad etardi, keyin ikki hafta o'tgach rozi bo'lardi, bir oy kutib, keyin "jarohat oldim" deb OAV orqali mish-mish tarqatardi. Hamma jang bekor bo'ldi deb o'ylardi. Keyin esa chiqib: “Men joyimdaman, jang bo'ladi”, derdi. Bu uning uslubi edi – u janglarini shunday targ'ib qilardi. Iliya ham shunga o'xshash, hatto o'zi bundan bexabar bo'lsa ham.

Carukyan haqiqiy qiyinchilikdan o'tdi. U barcha bosqichni bosib o'tdi: licenziya oldi, vazn tashladi, mashg'ulot lagerini o'tadi — shunga qaramay birinchi qatorda o'tirib, Peddining oktagonga chiqib, barcha etiborini olib ketishini kuzatib o'tirdi. Tarix shundan dalolat beradiki, bunday munosabat oqibatida mukofot bo'ladi — va Arman ham o'z mukofotini oladi", — dedi Sonnen intervyuda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: