SportUz.Net

Kardida 12 ta jang bo'lgan UFC on ESPN 71 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

03.08.2025 11:54    


Rasmni yuklab olish

Bugun tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "Apex Arena"da navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi UFC tarixida ilk bor osiyolik aralash yakkakurash ustalari o'rtasida o'tkazildi. Yaponiyalik Tacuro Tayra koreyalik Yun Sun Parkni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratdi. UFC on ESPN 71 turniri kardidan jami 12 ta jang o'rin olgan bo'lib, 5 tasi muddatidan avval yakunlandi. 

Takidlash joiz, Yun Sun Park jangga bir hafta qolganida taklifga rozilik bergan edi. Deyarli tayyorgarliksiz oktagonga chiqqan koreyalik jangchi ikkinchi raundning 66 soniyasida mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'ldi. 

Turnirning co-main event jangi engil vaznda o'tkazilib, unda shotlandiyalik Kris Dunkan hakamlarning yakdil qarori bilan polshalik Mateush Rebeckidan ustun keldi. Muhimligi jihatidan uchinchi jangda engil vaznlilar - Elvis Brener va Esteban Ribovich o'zaro to'qnash kelishdi. To'liq uch raund davom etgan jangda argentinalik sportchi zafar quchdi. 

Rossiyalik Andrey Pulyaev, Nil Megni, Rinya Nakamura va Ostin Bashi ham bugungi oqshomda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etishga muvaffaq bo'lishdi.

UFC on ESPN 71 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari 

Tacuro Tayra Yun Sun Parkni sabmishn (bo'g'ish) evaziga engdi – 2-raund, 1:06

Kris Dunkan Mateush Rebeckini ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 29-28, 29-28)

Esteban Ribovich Elvis Brenerni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi (29-28, 30-27, 30-27)

Karol Rosa Nora Kornolldan ustun keldi (30-27, 29-27, 29-27)

Nil Megni Elizeu Zaleski dos Santosni texnik nokautga uchratdi (zarba) – 2-raund, 4:39

Kevin Valexos Denni Silvani mag'lub eta oldi (29-28, 30-27, 30-27)


Prelim kard janglari

Rinya Nakamura Natan Fletcher texnik nokautga uchratdi (oyoq bilan tanaga zarba) – 1-raund, 1:02

Rodolfo Vieyra Treshin Gorni ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 30-27, 30-27)

Andrey Pulyaev Nik Klyaynni texnik nokaut evaziga engdi (oyoqda tanaga zarba) – 2-raund, 1:31

Ostin Bashi Jon Yannisni sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga yutdi – 1-raund, 3:39

Rafael Estevam Felipe Bunesdan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)

Per Rodriges Ketlin Souzani mag'lubiyatga uchratdi (28-29, 29-28, 29-28)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: