SportUz.Net

Xamzat CHimaev va Drikus Dyu Plessining gonorarlari tasdiqlandi

03.08.2025 09:03    


Rasmni yuklab olish

Asli chechenistonlik, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaev navbatdagi jangini 16 avgust kuni AQSHning CHikago shahrida o'tkazadi.

Raqamlangan UFC 319 turniri doirasida u o'rta vazn toifasining amaldagi chempioni Drikus Dyu Plessiga qarshi oktagonga chiqadi. Ikki jangchining ushbu bahsdan oladigan gonorarlari tasdiqlandi. 

Jang natijasidan qati nazar, CHimaev 1,8 mln, Dyu Plessi esa 3 million AQSH dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarni qo'lga kiritadi. 

Ushbu turnirda jang o'tkazuvchi Leron Merfi 300 000, uning raqibi Aaron Piko 200 000 dollar gonorarga ega bo'ladi. Aslida Pikoning o'rnida Movsar Evloev oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo jarohat sabab rosssiyalik aralash yakkakurash ustasi safda chiqdi. Turnirning muhimligi jihatidan uchinchi jangi ishtirokchilari Karlos Prates 400 000, uning raqibi Jeff Nil 200 000 dollarga ega bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: