Ayrim manbalarda ushbu turnir UFC Vegas 108 nomi bilan berilmoqda. Har ikki holatda ham bu to'g'ri. Biroz avval oqshom doirasidagi yana bir qiziqarli jang yakuniga etdi. Ikki 38 yoshli faxriy aralash yakkakurash ustalari - amerikalik Nil Megni braziliyalik Elizeu Zaleski Dos Santosga qarshi oktagonga chiqdi.
Ikkinchi raund yakunlanishiga 21 soniya qolgan bir paytda Megni raqibini parter holatiga tushirdi va javobsiz zarbalar yo'llay boshladi. Bu holatda referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Aynan bugun 38 yoshga to'lgan Nil g'alabasi bilan o'z tug'ilgan kuniga sovg'a hozirladi.
Jangdan keyingi intervyuda u agar mag'lubiyatga uchraganida, UFC`dan haydalishi yuz foiz ekanini takidladi. Nil bundan avvalgi ikkita jangida raqilariga imkoniyatni boy bergandi. Uning hisobida 30 g'alaba va 13 mag'lubiyat bor. Dos Santos esa bugun ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari 25 taligicha qoldi, mag'lubiyatlari esa 10 taga etdi.