SportUz.Net

Saken Polatov yangi tashkil etilgan Asian Boxing xalqaro federaciyasi vice-prezidentiga aylandi

02.08.2025 11:42    


Rasmni yuklab olish

Tailandning Bangkok shahrida Asian Boxing tashkilotining rahbariyat tarkibi tuzildi.

Ahamiyatlisi, tadbir davomida O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, MOQ raisining sobiq o'rinbosari Saken Polatov Asian Boxing tashkilotiing vice-prezidenti etib saylandi.

Tailand vakili Pichay CHunavajira tashkilot rahbarligida qoldi.

Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik funkcioner o'z vaqtida IBA qanoti ostidagi ASBC (Osiyo boks konfederaciyasi)da ham vice-prezident sifatida faoliyat yuritgan.

O'zbekiston boks federaciyasi axborot xizmati Saken Jetibaevichning mazkur lavozimga saylanishi haqida keyinroq batafsil malumot berishini xabar qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: