SportUz.Net

Faoliyatiga yakun yasagan Dastin Pore MMAda qoladi, biroq...

02.08.2025 12:24    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik aralash yakka kurash ustasi, UFC sobiq jangchisi Dastin Pore o'zini sharhlovchilikda sinab ko'rish niyatida.

"ESPN'da sharhlovchilik stoliga o'tirishni intiqlik bilan kutyapman. Endi bor etiborimni shu yo'nalishga qarataman", deya aytib o'tgan "Brilliant" Pore.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli sportchi 20 iyul kuni UFC 318 turniri doirasida Maks Xolloueyga mag'lub bo'lganidan keyin sportchilik faoliyatini yakunlagandi. U karerasi davomida jami 40 ta jang o'tkazib, 30 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirdi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: