SportUz.Net

30 yoshli Jervonta Devis faoliyatini yakunlamoqchi

02.08.2025 15:45    


Rasmni yuklab olish

Zamonamizning eng yorqin amerikalik bokschilaridan biri Jervonta Devis ringni tark etish haqida o'ylamoqda.

"Ishonchli manbalardan olingan malumotlarga ko'ra, Baltimorning eng yaxshi bokschilaridan biri faoliyatini yakunlamoqchi. Jervonta Devis boshqa jang o'tkazmaydi. U bu haqda yaqinlariga malum qilgan. Aytishlaricha, u shunchaki boksdan charchagan va ketishga qaror qilgan. Hech bo'lmaganda pul tugaguncha", - deb yozdi ijtimoiy tarmoqda matchmeyker Rik Gleyzer.

16 avgust kuni 30 yoshli Devis Lamont Rouchga qarshi ikkinchi jangini o'tkazishi kerak edi. Ularning birinchi to'qnashuvi durang natija bilan yakuniga etgandi. Yaqinda Jervonta oilaviy zo'ravonlikda ayblanib hibsga olingan va keyinroq garov evaziga ozodlikka chiqarilgandi.

Malumot uchun, Devis professional ringda o'tkazgan 30 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. Faqat ikki jang to'liq davom etgan, qolgan 28 tasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. Murosa va mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: