SportUz.Net

Murodjon Ahmadaliev: "Bu hayotimdagi eng katta imkoniyat"

02.08.2025 13:39    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA vaqtinchalik chempioni Murodjon Ahmadaliev bo'lajak jangi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu jangga ikki yil tayyorlandik. SHuncha gap-so'zlar, qarama-qarshiliklar, intrigalar bo'ldi. Mana — men endi shu erdaman. Bu hayotimdagi eng katta imkoniyat. Boksda "monster" degani yo'q. Men Inoueni "monster" deb hisoblamayman. Hammamiz insonmiz, jangchilarmiz. Taxalluslarni hurmat qilaman, lekin rostini aytsam, "MJ" ko'proq his uyg'ota oladi. Kim aslida kim ekanligini ring ko'rsatadi. Kim haqiqiy o'zbek kuchi bilan kelganini ham ring ko'rsatadi", deydi Ahmadaliev.

Namanganda tug'ilgan Murodjon shu yilning 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida ikkinchi eng engil vaznning yaponiyalik mutlaq chempioni Naoya Inoue bilan jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: