– Pyotr uchun eng ideal scenariyni qanday ko'rasiz? Endi nima bo'ladi?
– Menimcha, Pyotr – chempionlik kamariga navbatdagi davogar. Merab Dvalishvili oktyabrda Kori Sendxagenga qarshi jang qiladi. UFC uzoq vaqt Merabning navbatdagi raqibini aniqlashga uringanini bilaman. Lekin vaqt jihatidan qaraydigan bo'lsak, Pyotr oktyabr boshiga tayyor bo'la olmasdi. SHu sababli Sendxagen tanlandi.
Keyin esa Pyotr g'olib bilan jang qiladi. Agar bu Merab bo'lsa, u kamarni tez-tez himoya qilishni xohlashini aytgan – hatto dekabrda jang qilishga ham tayyor ekanini bildirgan. Albatta, bu faqat rejalar. Agar Merab g'alaba qozonsa, yanvar – eng real muddat hisoblanadi", – dedi menejer Sayat Abdraxmanov.
"Meni sotib olib bo'lmaydi". Makgregor prezidentlik borasida irlandiyaliklarga murojaat qildi