"IRLANDIYA! Mendagi pullarning chegarasi yo'q va butun hayotim, hatto merosim ham — bir erda. “Prezident Makgregor” nima degani? Bu:
1) Meni sotib olib bo'lmaydi;
2) Meni shantaj qilib bo'lmaydi;
3) Men etarlicha boyman va meni hech kim sotib ololmaydi;
4) Men terrorchilar bilan muzokara o'tkazmayman va hech qachon tahdidlarga bosh egmayman. Bu allaqachon aniq bo'lgan!
Menga farqi yo'q. Meni prezident etib tayinlash — mamlakatimizga kerak bo'lgan aniq qaror. Men — davolovchiman.
Bilaman, bu go'yo aqlbovar qilmas gapdek eshitiladi, lekin bu — haqiqat. Siz menga to'siq qo'yishga uringan arzimas qo'lni ko'ryapsiz. Ishoning, men siz tasavvur qila oladigan darajadan ham kuchliroqman. Men gap uchun gapirmayman. Menda ajoyib jamoa bor va biz nomzodlar ro'yxatida bo'lamiz. Va biz g'alaba qozonamiz.
Men sizdan nima so'rayman? Konor Makgregorga ovoz bering!" — deb yozdi yulduzli jangchi “X” ijtimoiy tarmog'ida.