SportUz.Net

Osiyo chempionati. Kecha jang qilgan bokschilarimizning 6 nafarida g'alaba

02.08.2025 10:51    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, Bangkok shahri (Tailand)da boks bo'yicha ikki yosh toifasida Asian Boxing Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Kecha qita chempionatining ilk kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining 7 vakili bahslarga kirishib, yakunda ularning 6 nafari g'alaba qozondi. Birgina -54 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Muslima Turg'unova murosasiz kechgan jangda qozog'istonlik Janel Imantaevaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Kechagi natijalarimiz:

-48 kg: Maftuna Musurmonova - Alanood Alghamdi (Saudiya Arabistoni) 5:0

-54 kg: Muslima Turg'unova - Janel Imantaeva (Qozog'iston) 2:3

-57 kg: Robiya Ravshanova - Yubeen Seo (Janubiy Koreya) 3:2

-50 kg: Odilshox Halimov - Akash Badvar (Hindiston) 4:1

-75 kg: Muhammadjon Yaqupboev - Amirmahdi Sabzi (Eron) 5:0

-80 kg: Norbek Abdullaev - Lokesh (Hindiston) 3:2

+80 kg: Islam Salihov - Beksultan Kairatuli (Qozog'iston) 4:1.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: