Kecha o'tkazilgan yarim final janglarida Navbahor Hamidova amerikalik azaliy raqiblaridan biri Morelle Makkeynni 4:1 hisobida mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Feruza Kazakova, Sohiba Ro'zmetova va Aziza Zokirova esa musobaqani bronza medali bilan yakunlashdi.
Kecha jang qilgan bokschilarimiz:
-54 kg: Feruza Kazakova - Sakshi (Hindiston) 0:5
-80 kg: Sohiba Ro'zmetova - Eseta Flint (Avstraliya) 0:5
-65 kg: Navbahor Hamidova - Morelle Makkeyn (AQSH) 4:1
-75 kg: Aziza Zokirova - Sunniva Hofstad (Norvegiya) 0:3
Bugun musobaqaning final janglari o'tkaziladi. Unda Navbahor Hamidova Olimpiada chempioni turkiyalik Busenaz Surmeneliga qarshi ringga ko'tariladi.
-65 kg: Navbahor Hamidova — Busenaz Surmeneli (Turkiya)