SportUz.Net

Sport vaziri o'rinbosari bugungi final oldidan Navbahor Hamidova bilan uchrashdi

06.07.2025 15:27    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov Ostonada World Boxing kubogi final janglari oldidan bokschi qizlarimiz bilan suhbatlashdi.

Bugun, 6 iyul kuni Qozog'istonda davom etayotgan World Boxing kubogi bahslarida final janglari bo'lib o'tadi. Kecha mazkur nufuzli musobaqa oldidan Qozog'istonda xizmat safarida bo'lib turgan Sport vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov “World Boxing” kubogida munosib natijalarni qayd etayotgan boks bo'yicha O'zbekiston ayollar jamoasi azolari bilan suhbatlashdi.

Muloqot davomida jahon kubogida bronza medallarini qo'lga kiritgan Feruza  Kazakova, Aziza Zokirova, Sohiba Ro'zmetova hamda bugun oltin medal uchun janglarda qatnashadigan Navbahor Hamidovalarning erishayotgan natijalari O'zbekiston bokschi qizlarining yangi g'alabalar sari tashlangan muhim qadami ekanligi takidlandi.

Aytish lozim, bugun bokschi qizimiz Navbahor Hamidova -65 kilogramm og'irlikda o'zining doimiy raqiblaridan biri turkiyalik Olimpiya o'yinlari g'olibi, uch karra Jahon chempioni Busenaz Surmeneliga qarshi ringga ko'tariladi.

Navbahor Busenaz bilan so'nggi bor joriy yil mart oyida Jahon chempionati finalida to'qnash kelgandi va kumush medal bilan kifoyalangandi.

To'lqin Ro'ziev tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: