SportUz.Net

Toni Fergyuson qachon jang o'tkazishini aytdi

06.07.2025 16:51    


Rasmni yuklab olish

Faxriy aralash yakkakurash ustasi Toni Fergyuson o'zining professional boksda sinab ko'rishini malum qildi.

Aktiv mashg'ulotlarni boshlash arafasida turgan sobiq UFC jangchisining qaytishi ikki oydan keyin amalga oshishi kutilmoqda. 

"Juda ko'p odamlar bu so'zni ishlatishdan charchashmaydi – istefo. Bu so'z menga yoqmaydi. Hozir 41 yoshdaman va hamon yoshlarga raqobatni yuzaga keltira olaman. Kuchga yo'naltirilgan mashg'ulotlarni bemalol bajaryapman. Tezligim ham yoshimga nisbatan chakki emas. Tanam va fikrlashim bir yo'lda. Besh plyus baho qo'yaman. SHunday ekan, men janglarga qaytyapman. Mashg'ulot lagerini boshlayapman. 30 avgust kuni boks jangida ringga chiqaman. Hozircha raqibim kim bo'lishini ayta olmayman. Ishoning, bitta g'alaba faoliyatim va hayotimni keskin o'zgartirib yuboradi", – dedi Toni Red Corner MMA kanaliga bergan intervyusida. 

Xabarlarga qaraganda, "El-Kukuy"ning 30 avgust kungi boks jangidagi raqibi amerikalik 31 yoshli Dillon Denis bo'ladi. Aslida ularning jangi GFL promoushenida MMA qoidalari asosida o'tkazilishi kerak edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: