O'zbekiston erkaklar terma jamoasisiz o'tkazilayotgan nufuzli musobaqaning final janglarida 12 nafar qozog'istonlik bokschi oltin medallar uchun ringga ko'tariladi. Mezbonlar faqat ayollarda - 54, 57, 65, 80 kg, erkaklar o'rtasida esa 60, 64, 70 va 90 kg vaz toifalarida finalga chiqa olishmadi. Qolgan barcha vaznlarda bugun ular ishtirokidagi final janglari o'tkaziladi.
Hozircha Jahon kubogining ikki bosqichi yakunlariga ko'ra medallar jamg'arish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 11 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Polsha 7 ta oltin, 7 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan. Kuchli beshlikdan Italiya, Braziliya va Qozog'iston terma jamoalari joy olgan.
Agar bugun qozog'istonlik bokschilar 12 ta finaldan 9 tasida g'alaba qozonishsa, umumiy jadvaldi O'zbekistondan o'tib ketishadi. Bokschi qizlarimizdan birgina Navbahor Hamidova bugun finalda turkiyalik Olimpiada chempioniga qarshi ringga ko'tariladi. Polshadan hech kim finalga etib kela olmadi va shu bois bizdan o'tib ketishi mumkin bo'lgan yagona davlat bu - Qozog'iston!