Ukrainalik bokschini superog'ir vaznda IBF chempioni britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi o'tkaziladigan jang kutib turibdi. O'rtaga superog'ir vazndagi barcha chempionlik kamarlari qo'yiladi. Usik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat joylab, uning ostida onasiga murojaat yo'lladi.
"Ona, qara, men uchishni bilaman", — deya o'z hayotidagi arxiv suratlar ketma-ketligini taqdim etgan 38 yoshli Usik.
Aleksandr Usikning onasi Nadejda Petrovna Usik CHernigovsk viloyatida dunyoga kelgan. Ukrainalik jahon chempioni 19 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida IBF chempioni Daniel Dyubuaga qarshi ringga ko'tariladi. Bu britaniyalik bokschi uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi. 2023 yilning avgust oyida Polsha davlatida o'tkazilgan ilk jangda Usik raqibini 9-raundda nokautga uchratgandi.