SportUz.Net

"Basharasini bejab qo'yardim". Ian Garri Kamaru Usman haqida

06.07.2025 18:15    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vazn toifasi UFC reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan Ian Garri sobiq chempion Kamaru Usman haqida keskin fikr bildirdi.

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi agar ularning jangi amalga oshsa, nigeriyalik nomdor raqibini aniq mag'lub etishiga ishonishini aytdi.  

"Men Kamaruning basharasini bejab, buzib qo'yardim. U mendan na kurashda, na  grepplingda va na chidamlilikda ustun. Bu yigitcha menga hech narsa qila olmaydi. Uni avvaliga rosa do'pposlayman, keyin esa nokaut qilaman. Bor gap shu", — deya The Ariel Helwani Show ko'rsatuvining jonli efirida Kamaru Usman haqida gapirgan Garri.

Eslatib o'tamiz, Ian 27 aprel kuni UFC on ESPN 66 turnirida braziliyalik Karlos Pratesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Kamaru esa davogarlar jangida amerikalik Xoakin Baklidan ustun kelgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: