O'zbekiston terma jamoasi mazkur Jahon kubogida ayollar terma jamoasi bilan ishtirok etyapti.
Bahslarda -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova finalda turkiyalik Olimpiada chempioni, shuningdek uch karra Jahon chempioni Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.