SportUz.Net

Istedodli bokschimiz rossiyalik tajribali raqibini muddatidan avval engdi

06.07.2025 12:03    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, kecha Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasining navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etildi.

Oqshom doirasida 24 yoshli bokschimiz Xurshidbek Rasuljonov (10-0-0) birinchi engil vaznda sobiq WBA Gold kamari sohibi, urallik "Kanelo" nomi bilan tanilgan 29 yoshli Mark Urvanov (25-4-2)ga qarshi ringga ko'tarildi. 

Oltinchi va ettinchi raundlarning o'rtasidagi tanaffusda Urvanovning murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Oltinchi raundda Rasuljonov raqibini kuchli zarba bilan nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. 

Ushbu jang 8 raunddan iborat bo'lib, super yarim engil vazn toifasida o'tkazildi. Xurshidbek Rasuljonov prof ringdagi 10-jangida 10-g'alabasini qo'lga kiritdi. Urvanov faoliyatidagi 28-jangidagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Ilk bor texnik nokaut bilan yutqazdi.  

Eslatib o'tamiz, ushbu turnir doirasida hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (21-5-0) rossiyalik mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Vadim Tukov (16-0-0)ga texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berdi. Tukov WBA Gold kamari sohibiga aylandi. Muhammad SHexov esa argentinalik Rodrigo Fabian Ruisga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi. Ruis kechagi jangiga qadar 22 g'alabali seriya bilan kelayotgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: