SportUz.Net

Kamarga yaqinlashayotgan Muhammad SHexov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi

06.07.2025 11:15    


Rasmni yuklab olish

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC Boxing Promotions tomonidan tashkil etilgan prof boks oqshomida buxorolik Muhammad SHexov o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.

O'zbekiston va Rossiya bayroqlari bilan ringga chiqib kelayotgan charm qo'lqop ustamizga argentinalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschi Rodrigo Fabian Ruis raqiblik qildi. 

Ettinchi raundning so'nggi soniyalarida Ruis SHexovni kuchli va aniq zarba evaziga nokdaun holatiga tushirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. O'ninchi raundda Muhammad o'sha nokdaun endi o'zining nokdaunli zarbasi bilan javob qaytardi. 

O'n raund to'liq davom etgan shiddatli jangda uchchala hakam ham Muhammad SHexovning 97–91, 96-92, 95–93 hisobidagi g'alabasini taminladi. Bu 33 yoshli bokschimizning faoliyatidagi 17-g'alabasi bo'ldi. Hisobida bitta durang ham bor. 24 yoshli Rodrigo Fabian Ruis (22–1, 16KO) esa faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini aynan SHexovdan qabul qilib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: