SportUz.Net

Turki ash SHayx Beterbiev - Bivol trilogiyasini Rossiyada o'tkazishga ruxsat berdi

06.07.2025 09:51    


Rasmni yuklab olish

Saudiyalik promouter Turki ash SHayx Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol o'rtasidagi uchinchi jangni Rossiyada tashkil etishga rozilik berdi, deb xabar bermoqda insayder Mayk Koppindjer.

"Bivol va Beterbiev o'rtasidagi The Ring chempionlik kamari uchun navbatdagi jang avval Saudiya Arabistonida, noyabrda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi. Biroq Bivol va Beterbiev jangni boshqa tashkilotchilar orqali Rossiyada o'tkazishni so'rashdi va Turki ash SHayx bunga rozi bo'ldi. Hozircha jang qachon bo'lib o'tishi aniq emas", — deb yozdi Koppindjer X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: