Ispaniya va Gruziya bayroqlari bilan o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Iliya keyingi raqibi angliyalik Peddi Pimblett bo'lishiga ishonch bildirdi.
"Hozirgi paytda real raqib — Pimblett. [Peddidan farqli ravishda] men hech qachon uni oxirgi daqiqagacha qiynalishini xohlayman, deb aytmaganman. Bu mening uslubim emas. Jangni imkoniyat tug'ilgan zahoti yakunlayman", — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi MMA Mania portali.