SportUz.Net
photo photo

Nursulton Ro'ziboev Dyumadan keyin Mahmud Muradov uchun revansh olmoqchi

29.03.2024 16:19    


Rasmni yuklab olish

UFC promoushenidagi aralash yakkakkurash ustamiz Nursulton Ro'ziboev keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Hamyurtimiz yakshanba tongida amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi o'tkaziladigan jangidan keyin kim bilan oktagonda yuzma-yuz kelishni xohlashini aytdi.

"Agar Dyumani mag'lubiyatga uchratsam, keyin faqat bir kishi haqida o'ylay boshlayman —Jerald Mershert. U vatandoshim Mahmud Muradov bilan jang qilib g'alaba qozongandi. SHuning uchun ham, keyingi raqibim sifatida aynan Jeraldni ko'rmoqchiman. Muradov uchun revansh olishni istayman", — dedi Ro'ziboev. 

Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov 2021 yilning 29 avgust kuni Las-Vegasda o'tgan UFC Vegas 35 turnirining asosiy kardida Jerald Mershertga qarshi oktagonga ko'tarilgandi. O'sha jangning ikkinchi raundida Mershert Muradovni bo'g'ib qo'ygan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: