SportUz.Net
photo photo

Naiza FC 59. Qozoq va o'zbek MMAchilari o'rtasidagi jangda kutilmagan natija

27.04.2024 12:19    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Almati shahrida Naiza promoushenining navbatdagi turniri bo'lib o'tdi.

Naiza FC 59 turniri doirasida hamyurtimiz Rustam Daminov (3-2) qozog'istonlik Eljan Aliaskar (9-4)ga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jang yakunida hakamlar durang natija qayd etilganini elon qilishdi. Bu har ikki aralash yakkakurash ustasi uchun faoliyatidagi birinchi durang bo'ldi. 

Eljan Aliaskar 2022 yilning noyabr oyidan beri ilk bor oktagonda ko'rinish berdi. O'shanda u ikkinchi raundda boshqa bir qozoq jangchisi Dastan Amangeldi (7-1)ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Rustam Daminov esa bundan avvalgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida yana bir hamyurtimiz Javohir Abdug'aniev (4-1)ga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: