SportUz.Net
photo photo

AQSHdagi hamyurtimiz Firdavs Hasanovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum + POSTER

08.05.2024 15:57    


Rasmni yuklab olish

Eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Firdavs Hasanovning (9-4-0) navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

Hamyurtimiz 24 may kuni AQSHning Massachusetts shtati Uilmington shahrida tashkil etilayotgan Combat FC 7 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. O'sha kuni Firdavsga amerikalik Karlos Lozoya (9-4-0) raqiblik qiladi.

Musobaqa UFC Fight Pass platformasi orqali translyaciya qilinadi.

Malumot uchun, Firdavs Hasanov UFC jangchimiz Nursulton Ro'ziboevning jamoadoshi hisoblanadi. U so'nggi jangini 2023 yil iyun oyida amerikalik Kris Jonsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: