SportUz.Net
photo photo

"Menda rad etish varianti yo'q edi". Pore Maxachev bilan jangni qabul qilishi haqida gapirdi

08.05.2024 19:19    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Dastin Pore Islam Maxachev bilan jang qilish taklifi bo'lgan pallani esladi.

"Arman CHarlzni mag'lub etganidan so'ng, Xanter Kempbell menga qo'ng'iroq qilib: "Jang hozirgina tugadi. Men Carukyanning kiyinish xonasiga ketyapman, bir soatdan so'ng qo'ng'iroq qilaman" dedi. O'shanda u Armanga 6 haftadan keyin Islam bilan jang qilishni taklif qilgan ekan. 

Arman jangni rad etganini juda yaxshi tushunaman. Qarang, u 18 haftalik mashg'ulot lagerini o'tadi, oktagonga chiqdi, g'alaba qozondi va jangdan so'ng navbatdagi to'qnashuv haqida o'ylashgan ulgurgani yo'q. Unga esa "Sen 6 haftadan so'ng yana jang qila olasanmi?" deyishyapti. 

Sen tiklanib olishing kerak, chunki tanangga zarar etkazishgan. Lekin navbatdagi chempionlik jangi kafolatlangan. Xech narsaga qaramay, navbatdagisi u. 

To'g'risini aytsam, olti hafta men uchun ham qisqa vaqt. Ammo menda rad etish varianti yo'q edi. Bu mening imkonim va men maksimal tarzda bundan foydalanishim kerak", - dedi Pore.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: