SportUz.Net
photo photo

UFC hali hamon Zabit Magomedsharipovni qaytarishni istaydi

08.05.2024 14:38    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik UFC sobiq jangchisi Zabit Magomedsharipovning menejeri Rizvan Magomedov sportchini hali hamon UFC'da kutishayotganini aytdi.

"U o'z mashg'ulotlaridan video joylaganida har safar men unga qarata: "Zabit, qayt", deyman. U esa menga javoban kulib turgan emojilarni jo'natib,  "Xohlamayman", deydi. Men agar xohlab qolsang, aytgin deyman. UFS'dagilar ham bazida qo'ng'iroq qilib, qaytish niyati yo'q deb so'raydi. Ular qaytishini juda istashadi, lekin Zabitning o'zi buni xohlamaydi", dedi Magomedov.

Malumot uchun, Zabit Magomedsharipov 2017-2019 yillar davomida UFC'da oltita jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: