SportUz.Net
photo photo

Luisvilldagi UFC turnirining co-main event jangi tasdiqlandi

27.04.2024 11:38    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, 8 iyun kuni AQSHning Kentukki shtati Luisvill shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Tashkilotchilar tomonidan UFC on ESPN 57 turnirining yana bir jangi elon qilindi. Yarimog'ir vazn toifasida o'tkaziladigan ushbu uch raundlik jangda Dominik Reyes Dastin Jeykobiga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu bahs oqshomning co-main event jangi bo'ladi. 

Malumot uchun, 34 yoshli Dominik Reyes 4 ta mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. Qizig'i, u so'nggi jangida Bogdan Guskovning ertangi raqibi Rayan Spennga yutqazib qo'ygandi. Spenn Reyesni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. 36 yashar Dastin Jeykobi esa oxirgi 4 ta jangining 3 tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. So'nggi jangida hakamlar qaroriga ko'ra Alonzo Menifildga imkoniyatni boy bergandi.

Ayni paytda Dominik Reyes yarimog'ir vazn toifasi reytingida 14-o'rinni egallab turibdi. Dastin Jeykobi esa divizionning Top-15 jangchilari ro'yxatiga kirmaydi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: