SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonlik yana bir bokschi jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi

08.05.2024 11:00    


Rasmni yuklab olish

O'ta engil vazn toifasida WBO Oriental hamda WBO International kamarlari sohibi Olimjon Nazarov to'laqonli jahon chempionligi uchun ringga chiqadi.

Bu haqda hamyurtimizning o'zi SportUz.Net saytiga malum qildi.

Nazarov 5 may kuni Koreya Respublikasida o'tkazilgan professional boks oqshomi doirasida tailandlik Saravut Jiamtong bilan jang qilib, uchinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozongan hamda o'ta engil vaznda vakant bo'lib turgan WBO International kamarini qo'lga kiritgan edi.

Bokschimizning so'zlariga ko'ra, endilikda u joriy yilning oktyabr oyida WBO jahon chempionligi kamari uchun ringga ko'tariladi. Hozirda bu kamar vakant, yani egasiz qolgan.  

Malumot uchun, Nazarov ayni damda WBO yo'nalishi bo'yicha chempion bo'lib turgan yagona o'zbekistonlik bokschi hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: