SportUz.Net
photo photo

Dastin Pore Islam Maxachevning gaplariga javob qaytardi

08.05.2024 11:57    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida amerikalik aralash yakka kurash ustasi Dastin Pore ushbu vaznda UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachevning o'zi haqidagi gaplariga javob berdi.

Avvalroq, Maxachev Pore ustidan osonlik ila g'alaba qozonishini aytgan edi.

"Bilmadim, balki u barcha janglariga nisbatan shunday munosabatda bo'lar. Ammo men haqiqatan ham engil vazn toifasida dunyodagi istalgan jangchini mag'lub eta olishimga ishonaman. U bunga ishonishga majbur emas, men ishonishim kerak. Men o'sha erga borib uni majaqlab tashlashim kerak bo'lgan odamman va shunday qilaman ham", dedi Pore.

Malumot uchun, Maxachev - Pore jangi 2 iyun kuni o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: