SportUz.Net
photo photo

Bokschilarimiz U22 Osiyo chempionatini 20 ta medal bilan yakunladi

08.05.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

25 apreldan 8 maygacha davom etgan qita birinchiligi o'z nihoyasiga etdi.

Kecha final doirasida 22 yoshgacha bo'lgan bokschilarimiz ringga ko'tarildilar. Yarim finaldan so'ng 10 nafar vakillarimiz so'ngi bosqichga etib kelgandi. Janglardan so'ng terma jamoamiz 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallariga ega chiqdi. Umumjamoa hisobida mezbon Qozog'iston jamoasi birinchi bo'ldi. Ikkinchi o'rinda esa Hindiston. Jamoamiz uchinchi o'rindan joy oldi.

G'olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin:

-63,5 kg: Abdulloh Madaminov

+92 Jahongir Zokirov

-48 kg: Farzona Fozilova

-52 kg: Feruza Kazakova.

Kumush:

-51 kg: Asilbek Jalilov

-75 kg: Javohir Ummataliev

-86 kg: Samandar Jalolov

-66 kg: Aysanem Saruarova

-75 kg: Aziza Zokirova

+81 kg: Diyoraxon Abdumannopova.

Bronza:

-54 kg: Xo'janazar Nortojiev

-60 kg: Sayat Ilyasov

-67 kg: SHavkatjon Boltaev

-80 kg: Fazliddin Erkinboev

-92 kg: Diyorbek Uralov

-57 kg: Humorabonu Mamajonova

-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova

-63 kg: Mohinabonu Abdullaeva

-70 kg: Hadichabonu Abdullaeva

-81 kg: Oltinoy Sotimboeva.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: